Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Janni Infantino FIFA prezidenti etib saylanganiga 10 yil to‘ldi

Janni Infantino FIFA prezidenti etib saylanganiga 10 yil to‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimiga saylanganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Infantino rahbarligidagi o‘n yillik davrni tahlil qilib, amalga oshirilgan islohotlarning o‘zbek futboliga ta’sirini yuqori baholadi.

Ravshan Ermatovning ta’kidlashicha, Janni Infantino boshqaruvi ostida futbol chin ma’noda global sport turiga aylangan va rivojlanayotgan davlatlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan:

“O‘zbekistonda ushbu davr ichida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. FIFA Forward dasturi doirasida mamlakatimizda to‘rtta zamonaviy mashg‘ulot maydoni qurib bitkazildi, stadionlar infratuzilmasi jahon standartlariga muvofiq rekonstruksiya qilindi. Bu esa milliy futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun poydevor bo‘lib xizmat qildi”.

O‘zbekiston 2024 yilda o‘z tarixida ilk bor futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qildi. Ermatovga ko‘ra, ushbu mezbonlik xalqaro turnirlarni eng yuqori saviyada tashkil etish borasida O‘zbekiston uchun muhim tajriba bo‘lgan.

Shuningdek, eng muhim islohotlardan biri sifatida Ravshan Ermatov Jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48 taga kengaytirilishini e’tirof etdi.

“Eng muhimi, Jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48 taga kengaytirilishi O‘zbekistondagi 38 milliondan ortiq insonning orzusini ro‘yobga chiqardi va butun xalqimizni yagona maqsad atrofida birlashtirdi”, deya ta’kidladi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti.

Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016 yilning 26 fevralida FIFAning to‘qqizinchi prezidenti sifatida ish boshlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:53, 25.02.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик