Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxo "Barselona" asosiy tarkibidagi o‘rnini qaytarib olmoqchi

Arauxo "Barselona" asosiy tarkibidagi o‘rnini qaytarib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo asosiy tarkibdagi doimiy o‘rnini qaytarib olishga umid qilmoqda.

Urugvaylik futbolchi ruhiy muammolar sababli bir oydan ko‘proq vaqt davomida maydonga tusha olmadi. Yanvar oyida 26 yoshli futbolchi klub ixtiyoriga qaytdi, biroq hozircha asosiy tarkibga kira olgani yo‘q. «Mundo Deportivo» nashrining xabar berishicha, Arauxo yana «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidagi muhim o‘yinchiga aylana olishiga ishonmoqda. Markaziy himoyachining fikricha, uning jismoniy imkoniyatlari murabbiy Xans-Diter Flik talab qilayotgan yuqori himoya chizig‘ida o‘ynash uchun juda foydali bo‘ladi.

Ronald Arauxo joriy mavsumda Kataloniya grandi safida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:36, 25.02.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик