Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" Kanseluni olib qolmoqchi, ammo faqat bir yo‘l bilan

"Barsa" Kanseluni olib qolmoqchi, ammo faqat bir yo‘l bilan

Baho:
+ | -

«Barselona» qanot himoyachisi Joau Kanselu bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha «Al-Hilol»dan ijaraga olingan. «Diario Sport» ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya grandi rahbarlari futbolchi bilan to‘laqonli shartnoma imzolashni istashmoqda. Biroq bu faqatgina u Saudiya klubi bilan kelishuvini bekor qilib, yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.

«Barselona» Joau Kanseluni yanvar oyida ijaraga olgan edi. 31 yoshli futbolchining «Al-Hilol» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Lateralning qiymati «Transfermarkt» portali tomonidan 10 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:40, 25.02.2026.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик