Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Barselona" yoki "Chelsi": Myorfi "Nyukasl"ning bo‘lajak raqibi haqida gapirdi

"Barselona" yoki "Chelsi": Myorfi "Nyukasl"ning bo‘lajak raqibi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» Chempionlar ligasining o‘tish bosqichida «Qorabog‘» to‘sig‘idan qiyinchiliksiz o‘tdi. Sarfardagi 6:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng barcha masala hal bo‘lgan edi. O‘z maydonida ham «qarg‘alar» g‘alaba qozonishdi, biroq bu safar o‘yin ancha keskin kechdi — 3:2.

«Nyukasl» vingeri Jeykob Myorfi javob o‘yinidan so‘ng 1/8 finalda kim bilan o‘ynashni xohlashi haqidagi savolga javob berdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, «Nyukasl» yo «Barselona», yoki «Chelsi» jamoalaridan biriga raqib bo‘ladi.

«Kim bo‘lsa ham farqi yo‘q. Ochig‘ini aytsam, bizning hozirgi tarkibimiz har qanday raqib bilan kurashishga tayyor, ayniqsa pley-offda. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Shunday ekan, raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q», — dedi Myorfi «Amazon Prime» nashriga.

1/8 final uchrashuvlari mart oyida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning keyingi barcha bosqichlariga oydinlik kirituvchi qur’a tashlash marosimi 27 fevral kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 16:07, 25.02.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик