Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Anri "Budyo-Glimt" haqida: "Pulga tupurdim, ular jamoa qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatishdi"

Anri "Budyo-Glimt" haqida: "Pulga tupurdim, ular jamoa qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatishdi"

Baho:
+ | -

Tyerri Anri jamoaviy o‘yini uchun "Budyo-Glimt"ni maqtadi.

Norvegiya klubi Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Inter"ni ikki o‘yinda mag‘lub etib (3:1, 2:1), 1/8 finalga yo‘l oldi.

"Biz pul haqida, baland nomlar haqida gaplashyapmiz... Ammo hech narsa jamoaga tenglasha olmaydi. Agar u sizda bo‘lmasa, pulingizga tupuraman. Ular maydonda qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar birgalikda hujum qiladilar va himoyalanadilar. Hammamiz yodda tutishimiz kerakki, bu jamoaviy o‘yin, futbolning mohiyati shunda. Bu hamma uchun, bolalar uchun dars: jamoa degani shu.

Bu bir-biri uchun kurashmoqchi bo‘lgan jamoa, biz buni Yevropaning hamma joyida ko‘rganmiz. Ular "Borussiya"ga qarshi, "Atletiko" va "Inter"ga qarshi kechada shunday o‘ynashdi... Ular jamoa qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib berishdi.

Bu shu ma’noda yangi ko‘rinadiki, tarkibingizda kim bo‘lishidan qat’i nazar, futbol aynan shunday bo‘lishi kerak. Axir, yuragingizdagi narsa muhim. Ular o‘sha yerda bo‘lishga loyiq", - dedi Anri.

Kiritildi: 20:18, 25.02.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик