Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Ronaldu ispan klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi

Ronaldu ispan klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi

Baho:
+ | -

Saudiyaning "An-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning "Almeriya" klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi The Touchline nashri xabar berdi.

"Futbolga nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham o‘z hissamni qo‘shishni anchadan beri orzu qilardim. "Almeriya" — mustahkam poydevorga va o‘sish uchun aniq salohiyatga ega bo‘lgan Ispaniya klubi. Men klub rivojlanishining keyingi bosqichini qo‘llab-quvvatlash uchun rahbariyat bilan birgalikda ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman", — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

"Almeriya" 2025/2026 yilgi mavsum Segunda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 27 ta o‘yinda 48 ochko jamg‘argan. Birinchi o‘rinda esa xuddi shuncha o‘yindan so‘ng 50 ochko to‘plagan "Rasing" bormoqda.

Kiritildi: 14:53, 26.02.2026.
O'qildi: 1633 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик