Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Vinisius "Real" safida YECHLda 78 ta o‘yinda 62 ta golda qatnashgan

Vinisius "Real" safida YECHLda 78 ta o‘yinda 62 ta golda qatnashgan

Baho:
+ | -

Vinisius 2018 yilda "Real"ga o‘tganidan beri Chempionlar ligasining 78 ta o‘yinida 32 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kecha vinger "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvida (2:1) g‘alaba golini kiritdi. Birinchi o‘yinda ham (1:0) braziliyalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Vinisius "Real" bilan birga Chempionlar ligasining ikkita finalida o‘ynagan — 2021/22 yilgi mavsumda "Liverpul"ga qarshi (1:0) va 2023/24 yilgi mavsumda "Borussiya Dortmund"ga qarshi (2:0). U har ikkala final uchrashuvida ham gol urgan.

Uning hisobida pley-off bosqichidagi 20 ta o‘yinda jami 14 ta gol va 12 ta assist mavjud. Vinisius braziliyaliklar orasida pley-off o‘yinlarida gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Kiritildi: 15:35, 26.02.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик