Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

UYEFA klublarning rekord darajadagi daromadlarini e’lon qildi

UYEFA klublarning rekord darajadagi daromadlarini e’lon qildi

Baho:
+ | -

UYEFA Yevropa klublarining moliyaviy holati bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qildi.

Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya Premyer-ligasi (APL) jamoalari 2024 yilda 7 milliard 447 million yevro daromad ko‘rgan — bu barcha ligalar ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ushbu mablag‘ 2023 yilga nisbatan 4 foizga oshgan.

Boshqa yetakchi ligalarning daromadlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Bundesliga (Germaniya): 3,90 mlrd yevro;

  • La Liga (Ispaniya): 3,88 mlrd yevro;

  • Seriya (Italiya): 2,92 mlrd yevro;

  • Liga 1 (Fransiya): 2,58 mlrd yevro;

  • RPL (Rossiya): 1,03 mlrd yevro.

Yil davomida daromadlarning eng yuqori o‘sishi Turkiyada qayd etildi — 64 foiz (877 million yevrogacha).

Umumiy hisobda, Yevropa yuqori ligalaridagi barcha jamoalar 28,6 milliard yevro daromad olishgan. Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 30 milliardlik dovondan oshadi. Ma’lumot uchun, Yevropa futbolida 20 milliardlik marra 2017 yilda, 10 milliardlik chegara esa 2007 yilda zabt etilgan edi.

Қизиқарли факт: Ҳисоботда қайд этилишича, АПЛнинг битта ўртамиёна клуби топаётган даромад А Серия ёки Ла Лиганинг аксарият клублари даромадидан 3 баравар кўпдир. Бу асосан телеҳуқуқларнинг қимматлиги билан изоҳланади.

Kiritildi: 23:26, 26.02.2026.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.