Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

“Uyg‘onganimda hamma yog‘im qon edi” — NBA afsonasi dahshatli voqea haqida so‘zlab berdi

“Uyg‘onganimda hamma yog‘im qon edi” — NBA afsonasi dahshatli voqea haqida so‘zlab berdi

Baho:
+ | -

Basketbol afsonalaridan biri Kris Bosh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dunyoqarashini butunlay o‘zgartirib yuborgan hodisa haqida so‘zlab berdi. Sobiq sportchining so‘zlariga ko‘ra, u rafiqasi bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda to‘satdan hushini yo‘qotgan va bir oz vaqt o‘tgach, og‘ir ahvolda o‘ziga kelgan.

“Hushimga qaytganimdan so‘ng hech qanday aniqlik paydo bo‘lgani yo‘q. Men hamma yog‘im qon bo‘lgan holda uyg‘ondim. Bu dahshat edi. Hammasi juda tez va bir zumda sodir bo‘ldi. Ko‘z oldimdan o‘tmish kadrlarim o‘tmadi. Faqat hamon tirik ekanligim uchun shukronalik va borliq aslida qanday ekanini anglatuvchi yangi, og‘ir xulosa paydo bo‘ldi. Hayotga bo‘lgan qarashim o‘zgardi — u oddiyroq va halolroq bo‘ldi”, dedi Bosh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan videoda.

Biroq Bosh hodisaga sabab bo‘lgan aniq tafsilotlarni hozircha oshkor qilmagan.

Ma’lumot uchun, Kris Boshning NBA’dagi faoliyati 2017 yilda qonida tromblar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar tufayli muddatidan oldin yakunlangan edi. Basketbolchi “Mayami Hit” tarkibida ikki marta NBA chempioni bo‘lgan, Shimoliy Amerika ligasidagi 13 mavsumi davomida esa 11 marta “Barcha yulduzlar o‘yini”da (All-Star XI) ishtirok etgan.

2010 yilda “Raptors”dagi yetti yillik faoliyatidan so‘ng, Bosh “Mayami Hit”ga o‘tdi. Mayamida u o‘zining do‘stlari — Dueyn Ueyd hamda Lebron Jeyms bilan birlashdi. Ushbu trio “Katta uchlik” nomi bilan tanildi. Jamoa 2011 yildan 2014 yilgacha ketma-ket to‘rt mavsum NBA finalida qatnashdi va 2012, 2013 yillarda turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:52, 27.02.2026.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.