Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Xau YECHL qur’asi haqida gapirdi

Xau YECHL qur’asi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau Chempionlar ligasi 1/8 finalining bo‘lajak qur’asi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu bosqichda "qarg‘alar" yo "Chelsi", yoki "Barselona" jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadilar.

"O‘ylaymanki, biz shunchaki "Manchester Siti" bilan to‘qnash kelmasligimizdan minnatdormiz. Natijalarni intiqlik bilan kutyapmiz. Qizig‘i shundaki, biz bir hafta ichida "Chelsi"ga qarshi uchta o‘yin o‘tkazishimiz mumkin. Ularga qarshi o‘z uyimizda ajoyib o‘yin o‘tkazgandik — menimcha, o‘shanda juda yaxshi harakat qilganmiz. Men ularni hurmat qilaman. O‘sha o‘yindan beri ularda murabbiy almashdi.

"Barselona" bilan ham o‘z uyimizda juda yaxshi o‘ynagandik. Kim tushishidan qat’i nazar, biz uchun bu hayajonli qarama-qarshilik bo‘ladi", — dedi Xau matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining o‘tish bosqichida "Nyukasl" "Qorabog‘" jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 9:3 hisobida qiyinchiliksiz mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 15:30, 27.02.2026.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик