Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Anri "Tottenxem"ning ligada qolish uchun kurashi haqida gapirdi

Anri "Tottenxem"ning ligada qolish uchun kurashi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi va xavfli zonadan to‘rt ochkoga oldinda. "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri "shporlar"dagi mavjud vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Men Tudor bilan "Yuventus"da birga o‘ynaganman va uning uslubini bilaman. Uni bir nechta o‘yinga qarab baholab bo‘lmaydi, lekin ochko to‘plash uchun unda vaqt juda kam. U kimlar o‘ynay olishi va o‘z falsafasini jamoaga qanday singdirishni ko‘rib chiqadi. Odatda, ligada jon saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, o‘z uyingizdagi o‘yinlar siz uchun sug‘urta vazifasini o‘taydi. Ammo "Tottenxem" oxirgi yillarda o‘z uyida g‘alaba qozonish borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday kechar ekan", — deya Anrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal portali.

1 mart kuni "Tottenxem" safarda "Fulxem" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 15:36, 27.02.2026.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик