Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Sharp "MYU" haqida: "Ular chempionlik uchun kurashuvchilardan unchalik uzoq emas"

Sharp "MYU" haqida: "Ular chempionlik uchun kurashuvchilardan unchalik uzoq emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq o‘yinchisi Li Sharp mankunianliklar APLda chempionlikka da’vogar jamoalardan unchalik ortda emas deb hisoblaydi.

"Menimcha, ular titul uchun kurashuvchilardan unchalik uzoq emas. Kerrik kelishi bilan bir nechta top-jamoalarni mag‘lub etib, buni isbotlashdi. "Everton"ga qarshi o‘yinda ular juda ishonchli ko‘rinishdi. Hujumda, uzatmalarda unchalik murakkab va ajoyib o‘yin ko‘rsatishmagan bo‘lsa-da, jamoaviy ruh va shijoat namoyish etishdi. Vaholanki, bu xislatlar bundan ikki oy avval kerakli darajada emas edi. Qiyin bo‘ldi, lekin ular natijaga erishishdi.

Ular yaxshi ish olib borishmoqda. Uchinchi o‘rindan atigi ikki-uch ochko ortda qolishyapti va top-2 jamoalariga ham yaqin kelib qolishdi. Agar mavsumga umumiy nazar tashlasak va yo‘qotilgan ochkolarni hisobga olsak, ular ancha yaqinroq bo‘lishlari mumkin edi. Menimcha, yozda 3-4 ta top-darajadagi transferlar amalga oshirilsa, natijalar barqaror bo‘lsa va tinimsiz mehnat qilinsa, ular chempionlik poygasidan umuman uzoq bo‘lishmaydi", — dedi Sharp.

Kiritildi: 15:41, 27.02.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик