Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Obi Mikel: "Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi"

Obi Mikel: "Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi"

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel jamoa yetakchisi Koul Palmerning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Britaniya OAVlarida shunday mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. Futbolchi go‘yoki Londondagi holatidan norozi.

Mikelning ta’kidlashicha, bu gap-so‘zlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagan. U Palmer haqiqatan ham "Chelsi"da nimadandir norozi deb hisoblaydi.

"Koul Palmer unchalik xursand emas, bu ko‘rinib turibdi. Ha, uning jarohatlar bilan muammolari bo‘ldi, u eng yaxshi formasida emas, lekin u o‘yinga qaytdi. Uning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi, bundan qochib bo‘lmaydi. Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, tushunyapsizmi?" — dedi Mikel.

Kiritildi: 15:56, 27.02.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик