Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Enrike: «Hech qanday qasos olish hissi yo‘q»

Enrike: «Hech qanday qasos olish hissi yo‘q»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 final qur’asi natijalariga ko‘ra uning jamoasi «Chelsi» bilan to‘qnash keladigan bo‘lganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Qur’a? Odatdagidek, hayajonli. Men juda xursandman. Eng yaxshi jamoalardan biri, biz yaxshi biladigan raqibga qarshi o‘ynash qiziq bo‘ladi. Hech qanday qasd olish hissi yo‘q, bu boshqa musobaqa. Bu bizning yo‘limiz, biz bunga o‘rganib qolganmiz. Biz — amaldagi chempionmiz. Muammolar bizga qarshi o‘ynaydigan boshqa jamoalarda bo‘ladi. Bizga 1/8 final qur’asidan joy olganimiz yoqadi, bu bizning darajamizni ko‘rsatadi. Mavsumning hal qiluvchi pallasi yaqinlashmoqda», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Chempionlar ligasining joriy mavsumi 1/8 final o‘yinlari 10-11 mart va 17-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi bahsi 2026 yil 30 may kuniga belgilangan.

Kiritildi: 19:31, 27.02.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик