Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Mourinyo Madridda sovuq kutib olindi: Peres u bilan ko‘rishishni istamadi

Mourinyo Madridda sovuq kutib olindi: Peres u bilan ko‘rishishni istamadi

Baho:
+ | -

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bir paytlar o‘zi qahramon bo‘lgan "Santyago Bernabeu" stadionida iliq kutib olinmadi.

Portugaliyalik mutaxassis diskvalifikasiya sababli uchrashuvda bevosita ishtirok eta olmadi — u jamoasining Madridning "Real" klubidan uchragan mag‘lubiyatini avtobusda kuzatib bordi. "Diario AS" nashrining xabariga ko‘ra, "Real"da "Special One"ni ancha sovuq qarshi olishgan. Ispaniya grandi vakillari murabbiyning Lissabondagi birinchi o‘yindan so‘ng Vinisius Junior haqida aytgan gaplariga salbiy munosabat bildirishgan. Mutaxassis "qaymoqranglilar" muxlislari tomonidan hech qanday ehtiromga loyiq ko‘rilmadi, Florentino Peres va Alvaro Arbeloa esa u bilan qisqa suhbat uchun ham uchrashishmadi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo "Benfika" bilan birinchi o‘yinda Vinisius urgan golini nishonlashini tanqid qilgan edi. Ba’zilar bu so‘zlarni braziliyalik futbolchi sha’niga aytilgan irqchilik haqoratlarini oqlash sifatida qabul qilishgan.

"Real" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Benfika"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.

Kiritildi: 11:29, 28.02.2026.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик