Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Emeri: "Aston Villa" hali ham turnir jadvalida yuqoriroqqa ko‘tarilishi mumkin"

Emeri: "Aston Villa" hali ham turnir jadvalida yuqoriroqqa ko‘tarilishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya chempionatining 28-turi doirasida "Vulverxempton"dan qabul qilingan mag‘lubiyatga (0:2) izoh berdi.

"Barcha futbolchilarni biz o‘tkazayotgan fantastik mavsum bilan tabriklayman. Biz charchagan edik va ochiq o‘yin ko‘rsatdik. Birinchi taym ajoyib o‘tdi — "Aston Villa" ustunlik qildi. Vaziyatlar yaratdik va ko‘prog‘iga loyiq edik. Ikkinchi bo‘limda esa raqiblar to‘pni tez-tez olib qo‘yishdi va jarima maydonimizga kirib borishdi. "Vulverxempton" gol urganidan keyin bizga qiyin bo‘ldi, raqib esa ancha faollashdi.

Hozir jipslashish va nima uchun bu yerda turganimizni tushunish vaqti keldi. Bugun biz xohlagan natijaga erisha olmadik, lekin turnir jadvalida yanada yuqoriroqqa ko‘tarilish hali ham o‘z qo‘limizda", — deya Emerining so‘zlarini keltiradi BBC.

"Vulverxempton" 3 yanvardan beri APLdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 13 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. "Aston Villa" esa 51 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 11:58, 28.02.2026.
O'qildi: 480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик