Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Kamp Nou"da katta o‘zgarish: Mart oyidan stadion sig‘imi 65 000 gacha kengayadi

"Kamp Nou"da katta o‘zgarish: Mart oyidan stadion sig‘imi 65 000 gacha kengayadi

Baho:
+ | -

"Barselona" ishqibozlari uchun xushxabar — mart oyidan boshlab qayta ta’mirlanayotgan "Kamp Nou" stadionining sig‘imi 65 000 kishigacha kengayadi.

Bu "Shimoliy tribuna" deb ataluvchi qismning ochilishi tufayli amalga oshdi. Ayni damda yangilanayotgan arena o‘z bag‘riga faqat 45 000 tomoshabinni qabul qila oladi xolos. Kutilishicha, 15 mart kuni "Barselona" "Sevilya"ga qarshi maydonga tushganda, stadiondagi o‘yinni hozirgiga qaraganda 30 foiz ko‘proq muxlis bevosita kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining o‘tgan turida kataloniyaliklar turnir jadvalida birinchi o‘rinni qaytarib olishdi. Bunga Madridning "Real" klubi "Osasuna"dan mag‘lubiyatga uchragani sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 13:24, 28.02.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик