Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Faqat eng tayyorlar boradi": Tuxel Bellingemning Jahon chempionatidagi ishtirokiga kafolat bermadi

"Faqat eng tayyorlar boradi": Tuxel Bellingemning Jahon chempionatidagi ishtirokiga kafolat bermadi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning Angliya terma jamoasidagi istiqbollari noaniqligicha qolmoqda.

22 yoshli futbolchi fevral oyi boshida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinda olgan jiddiy jarohati sababli safdan chiqqan edi. "MatchDay Central" nashrining xabariga ko‘ra, "uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Bellingemni shu yilning iyun-iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati qaydnomasiga kiritmasligi mumkin.

Germaniyalik mutaxassis agar "Real" yulduzi turnir boshlanishiga qadar eng yaxshi jismoniy holatga kira olmasa, uning nomzodidan voz kechishga tayyor. Murabbiylar shtabining prinsipi shunday: mundialga futbolchining obro‘sidan qat’i nazar, faqat ideal darajada tayyor bo‘lgan o‘yinchilar yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem hozirda tiklanish jarayonini o‘tamoqda va uning mart oyidagi Urugvay hamda Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.

Kiritildi: 13:38, 28.02.2026.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик