Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Superliga-2026. "Neftchi" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi!

Superliga-2026. "Neftchi" mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi!

Baho:
+ | -

Farg‘onada yangi mavsum starti "Neftchi" uchun haqiqiy bayramga aylandi. Islombek Ismoilov shogirdlari o‘z maydonlarida Muborakning "Mash’al" jamoasini qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alaba bilan mavsumni boshlashdi - 3:0.

"Istiqlol" stadionida kechgan bahsda mezbonlar yaqqol ustunlik namoyish etishdi. O‘yinning boshidanoq tashabbusni qo‘lga olgan "yo‘lbarslar" raqib darvozasiga yo‘l topishda qiynalmadi.

Uchrashuvdagi gollarning barchasi "Neftchi"ning xorijlik futbolchilari tomonidan kiritildi:

  • 9-daqiqa: Himoyachi Boyan Siger standart vaziyatdan so‘ng hisobni ochdi — 1:0.

  • 30-daqiqa: Yangi hujumchi Stipe Perisa o‘zining debyut o‘yinidayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi — 2:0.

  • 76-daqiqa: Zaxiradan maydonga tushgan Zoran Marushich yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:0.

O‘zbekiston Superligasi. 1-tur

"Neftchi" — "Mash’al" — 3:0

Gollar: Boyan Siger (9), Stipe Perisa (30), Zoran Marushich (76).

"Neftchi": Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abrorbek Ismoilov (Asilbek Jumayev, 78), Vladimir Yovovich (Jurani Ferreyra, 78), Jamshid Iskanderov (Farruh Sayfiyev, 86), Stipe Perisa (Xurshid G‘iyosov, 68), Anvarjon G‘ofurov, Muhsinjon Ubaydullayev, Alisher Odilov (Zoran Marushich, 68), Yovan Jokich.

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboyev, Zafarbek Akramov, Samandar Ochilov, Sardor Abduraimov (Anvar Murodov, 82), Ibrohim G‘anixonov (Ilhomjon Abdig‘aniyev, 82), Humoyun Murtozayev (Nuriddin Nuridinov, 72), Abdul Rashid Abubakar, Muhammadali Aliqulov (Sherzod Fayziyev, 84), Ergash Ismoilov, Roman Xadjiyev, Augustine Kvem (Nurjahon Muzaffarov, 82).

Ogohlantirishlar: Anvarjon G‘ofurov (90+1) — Ergash Ismoilov (7), Muhammadali Aliqulov (55), Sardor Abduraimov (57).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:48, 28.02.2026.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик