"Barselona" vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. 18 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun ilk gol La Ligadagi 25-si bo‘ldi.
"Opta" nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yamal XXI asrda 19 yoshga to‘lguniga qadar kuchli beshlik ligalarida 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi.













