Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Flik boshqaruvidagi "Barsa": 100 ta o‘yin va hayratlanarli statistika

Flik boshqaruvidagi "Barsa": 100 ta o‘yin va hayratlanarli statistika

Baho:
+ | -

Xans-Diter Flik "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazdi. Bugun Kataloniya jamoasi La Liganing 26-turi doirasida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Germaniyalik murabbiy qo‘l ostida "Barsa" 75 ta g‘alabaga erishdi, 9 bor durang o‘ynadi va 16 marta mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa raqiblar darvozasiga 281 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 119 ta gol olib chiqdi.

Flik davrida "Barselona" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar: Jyul Kunde (92 ta o‘yin), Pau Kubarsi (90 ta) va Lamin Yamal (89 ta).

Flik boshqaruvida "Barselona" uchun eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar: Robert Levandovski (56 ta), Rafinya (48 ta), Lamin Yamal (36 ta) va Ferran Torres (35 ta).

Kiritildi: 22:53, 28.02.2026.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик