Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Bu onam uchun": Yamal tarixiy o‘yindan so‘ng esdalik to‘pini uyiga olib ketdi

"Bu onam uchun": Yamal tarixiy o‘yindan so‘ng esdalik to‘pini uyiga olib ketdi

Baho:
+ | -

Shanba kuni Lamin Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etdi. Yulduz vinger Ispaniya La Ligasi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etgan o‘yinda raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.

Odatda futbolchilar bunday unutilmas o‘yinlardan so‘ng esdalik uchun to‘pni o‘zlari bilan olib ketishadi — Yamal ham shunday qildi. 18 yoshli futbolchidan to‘pni nima qilishi haqida so‘rashdi:

— Xet-trik qayd etgan to‘pingizni nima qilmoqchisiz?

— Uni onamga sovg‘a qilaman, — dedi Yamal o‘yindan keyingi intervyusida.

Shu tariqa, Lamin Yamalning onasi Sheyla Ebana yaqin vaqt ichida o‘g‘lidan maxsus sovg‘a qabul qilib oladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 23:25, 28.02.2026.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик