Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Keyn "Bavariya" nimaning evaziga "Borussiya"ni mag‘lub etganini aytdi

Keyn "Bavariya" nimaning evaziga "Borussiya"ni mag‘lub etganini aytdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Dortmundning "Borussiya" jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yindan (3:2) so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi. Ingliz futbolchisi ushbu uchrashuvda dubl qayd etib, bahs qahramoniga aylandi. Myunxenliklar Bundesliga jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan "arilar" bilan oradagi farqni 11 ochkoga yetkazishdi.

"Biz chempionlik poygasi uchun juda muhim bo‘lgan o‘yinda g‘alaba qozondik. Hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak-da, o‘z o‘yinimizni namoyish etishda davom etdik — "Borussiya" hafta o‘rtasidagi Chempionlar ligasi o‘yinidan so‘ng charchab qolishini bilardik. Taslim bo‘lmadik. Bu yerga kelib g‘alaba qozonish — haqiqatan ham o‘zgacha tuyg‘u. O‘zimiz bilan faxrlansak arziydi", — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Xarri Keynning joriy Germaniya chempionatidagi gollari soni 30 taga yetdi. Bundesliga mavsumi yakunigacha atigi o‘nta tur qoldi.

Kiritildi: 07:07, 01.03.2026.
O'qildi: 439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик