Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Gvardiola "Manchester Siti"ning minimal hisobdagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Gvardiola "Manchester Siti"ning minimal hisobdagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premyer-liga doirasida "Lids"ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo‘lim yakunida Antuan Semenyo tomonidan kiritildi.

Ushbu natijadan so‘ng "shaharliklar" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Arsenal" bilan oradagi farqni yana ikki ochkogacha qisqartirishdi.

"Biz juda ko‘p uzatmalarni amalga oshirdik. Eng qiyin safar o‘yinlaridan birini g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldik. Chempionat yakunigacha o‘nta o‘yin qoldi, shuning uchun hozir mana shunday g‘alabalarning ayni vaqti", — dedi Gvardiola BBCga bergan intervyusida.

Chorshanba kuni, 4 mart kuni "Manchester Siti" o‘z maydonida "Nottingem Forest" jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: 07:10, 01.03.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик