Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Enrike: "Men g‘azabda va asabiy holatda edim"

Enrike: "Men g‘azabda va asabiy holatda edim"

Baho:
+ | -

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Gavr"ga qarshi bahsdagi g‘alaba (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bu juda qiyin bo‘ldi, chunki menimcha, natija maydonda sodir bo‘lgan voqealarni aks ettirmadi. O‘yin bo‘yicha biz shubhasiz g‘alabaga loyiq edik. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, penaltidan foydalana olmadik. Yakunda hisob biz loyiq bo‘lgan narsaga umuman mos kelmadi. Ammo gol urish va ishni oxiriga yetkazish uchun aniqroq harakat qilish kerak. Bunday holat avval ham kuzatilgan. Shuni tushunish kerakki: agar Gavrdagi o‘yinni asabiy yakunsiz tugatishni istasang, sovuqqonroq va aniqroq harakat qilishing lozim.

Murabbiylik hayoti shunaqa. Har mavsumda doim azob bor. O‘tgan yili hamma narsani yutgandik, lekin o‘shanda ham ko‘p hayajonlanganmiz. Bu kasbning mazmuni ham shunda. Bu o‘ziga xos ish. Men o‘yinning katta qismida g‘azabda va asabiy holatda edim, chunki biz ko‘prog‘iga loyiq edik. Futbolchilar yana o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarishlarini istardim, lekin bu oson emas. O‘sishimiz kerak", — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi Culture PSG.

Kiritildi: 08:38, 01.03.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик