Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Real"da jarohatlar epidemiyasi: Kim qachon safga qaytadi?

"Real"da jarohatlar epidemiyasi: Kim qachon safga qaytadi?

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi murabbiyi Alvaro Arbeloa 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Xetafe"ga qarshi o‘yinda jarohatidan qutilgan hujumchi Rodrigoni tarkibga qaytarishi mumkin. Bu haqda "COPE" nashri xabar bermoqda.

Tarkibga oid boshqa yangiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Kilian Mbappe La Liganing navbatdagi o‘yinida maydonga tusha olmasligi aniq, uning "Selta"ga qarshi bahsdagi ishtiroki ham so‘roq ostida turibdi. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, agar biror kutilmagan holat yuz bermasa, Mbappe Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuviga (17 mart) qadar tayyor bo‘ladi.

Eng yomon holat Eder Militao bilan bog‘liq. Markaziy himoyachi 1/8 final o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, uning safga qaytishi terma jamoalar tanaffusidan keyinga kutilmoqda. Xyoysenga kelsak, u "Xetafe"ga qarshi o‘ynamaydi, biroq Vigodagi bahsgacha safga qaytishi taxmin qilinmoqda.

Nihoyat, Jud Bellingem va Dani Sebalyos bilan bog‘liq vaziyat ancha noaniq bo‘lib turibdi. Har ikki yarim himoyachida "Atletiko"ga qarshi derbida (22 mart) maydonga tushish uchun kichik imkoniyat mavjud. Klub rahbariyati ularning to‘liq tiklanishini ta’minlash maqsadida yana biroz dam berish variantini ham istisno etmayapti.

Kiritildi: 13:05, 01.03.2026.
O'qildi: 2702 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик