Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Arsenal», «Siti» va «Chelsi» «PSJ» iqtidori uchun kurashga qo‘shildi

«Arsenal», «Siti» va «Chelsi» «PSJ» iqtidori uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi yarim himoyachisi Senni Meyulyu hozircha parijliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishgani yo‘q. Uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

«Caught Offside» nashrining xabar berishicha, Angliya Premyer-ligasining top-klublari ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. 19 yoshli futbolchining transferiga Londonning «Arsenal», «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari qiziqish bildirmoqda.

Agar «PSJ» futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmasa, uni taxminan 60 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Joriy mavsumda Meyulyu 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:41, 01.03.2026.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик