Kirish Ro'yxatdan o'tish

Finalissima xavf ostida: Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi bahs qoldirilishi mumkin

Finalissima xavf ostida: Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi bahs qoldirilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

27 mart kuni Yevropa chempioni va Amerika Kubogi sohibi — Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari o‘rtasida sovrin uchun bahs bo‘lib o‘tishi kerak edi. The Touchline nashrining xabar berishicha, Finalissima bahsi xavf ostida qoldi.

Gap shundaki, mintaqadagi harbiy harakatlar fonida Qatarda keyingi ogohlantirishgacha barcha futbol turnirlari va o‘yinlari to‘xtatildi. Aynan Qatarda Argentina va Ispaniya terma jamoalari ushbu sovrinni o‘zaro o‘ynashi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechish ehtimoli mavjud. Kelayotgan yozda o‘tkaziladigan turnirga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilishi belgilangan.

Kiritildi: 19:42, 01.03.2026.
O'qildi: 1512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик