Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Dragan Cheran: «Asosiysi, jamoamiz g‘alaba qozondi»

Dragan Cheran: «Asosiysi, jamoamiz g‘alaba qozondi»

Baho:
+ | -

«Andijon»ning yangi transferlarida biri, tajribali Dragan Sgeran ilk turni boshqa jamoadoshlari kabi ajoyib o‘tkazdi va raqib darvozasini ishg‘ol ham qildi.

Jamoa sardori klub matbuot xizmatiga bahs borasida qisqacha intervyu berdi.

— Dragan, g‘alaba bilan tabriklayman. Taassurotlar qanday?

— Rahmat. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Garchi biz 4:0 hisobida yutgan bo‘lsakda, o‘ziga yarasha og‘ir kechdi. Xudoga shukurki, mana shunday oson o‘tmagan bellashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Albatta, vaziyatlardan unumli foydalanib, bunday muxlislar oldida g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

— Hisobning 4:0 bo‘lishini kutganmidingiz?

— Yo‘q, buni kutmagandik. Ammo o‘yinda shunday natija yuzaga keldi. Albatta, biz bunga harakat qildik. 4:0 — bu o‘ylaymanki, ajoyib natija.

— Sizda to‘purarlik salohiyati mavjud va ilk turdanoq gol urishni boshladingiz. Bu to‘purarlik kurashidagi dastlabki yurishingizni anglatmoqda...

— Hujumchilar o‘rtasida to‘purarlik uchun poyga boshlandi. Bu yog‘ini ko‘ramiz. Asosiysi, jamoamiz g‘alaba qozondi. Birinchi navbatda individual natija emas, balki jamoaning muvaffaqiyati muhim.

— “Bobur arena”dagi atmosferani ko‘rdingiz va qanday ta’riflaysiz?

— Atmosfera super, buni ta’riflashga so‘z yo‘q. Juda zo‘r, muxlislarga katta rahmat. Har o‘yinda jamoamizni mana shunday qo‘llab-quvvatlashlarini kutib qolamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:12, 01.03.2026.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик