Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" rahbari YECHL qur’asi haqida: "Qiyin tomonga tushganimizdan xursandmiz desam, hech kim ishonmaydi"

"Bavariya" rahbari YECHL qur’asi haqida: "Qiyin tomonga tushganimizdan xursandmiz desam, hech kim ishonmaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

"Bavariya" bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubning Chempionlar ligasi to‘rining qiyin qismiga tushib qolgani haqida gapirdi. Agar myunxenliklar "Atalanta" to‘sig‘idan o‘tishsa, ular "Real" — "Manchester Siti" juftligi g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.

"To‘rning o‘ng tomoni ancha osonroq ekani ko‘rinib turibdi. Agar chap tomonga tushganimizdan xursandmiz desam, bunga hech kim ishonmaydi. Ammo, boshqa tomondan, eng kuchli jamoalarga qarshi o‘ynash va qiyin uchrashuvlar o‘tkazish unchalik yomon emas.

Hozir biz bor e’tiborimizni "Atalanta"ga qaratishimiz kerak. Ularning "Borussiya" bilan bahsidan so‘ng, "Atalanta"ga jiddiy yondashish lozimligini ko‘rdik. Ular allaqachon Yevropa ligasida g‘olib chiqishgan, finalda esa "Bayer"ni mag‘lub etishgan, shuning uchun ularni noma’lum jamoa deb bo‘lmaydi. Hozir bor diqqatimiz "Atalanta"da, keyinchalik nima bo‘lishini esa ko‘ramiz", — deya Drizenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Bayern & Germany" nashri.

Dastlabki o‘yinda "Atalanta" 10 mart kuni "Bavariya"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:14, 01.03.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик