Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Liga1. «Marsel» muhim g‘alaba evaziga «Lion»ga yaqinlashib oldi

Liga1. «Marsel» muhim g‘alaba evaziga «Lion»ga yaqinlashib oldi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda «Marsel» o‘z uyida «Lion» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safida Igor Payshao va Pyer-Emerik Obameyang (dubl) gol muallifiga aylanishdi. Mehmonlar tarkibida esa Korenten Tolisso va Remi Ximbert o‘zlarini ko‘rsatishdi. Shuningdek, o‘yinning 51-daqiqasida VAR (videotakror) aralashuvidan so‘ng Tolisso tomonidan kiritilgan gol ofsayd sababli bekor qilindi.

«Lion» 24 ta o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Marsel» esa 24 ta bahsda 43 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda, 8 mart kuni «Lion» o‘z maydonida «Parij»ni qabul qiladi. «Marsel» esa 7 mart kuni safarda «Tuluza» mehmoni bo‘ladi.

Liga 1. 24-tur
02.03.2026 | 00:45
«Velodrom», Marsel

«MARSEL» — «LION» — 3:2

Gollar: Korenten Tolisso 3’ (0:1), Igor Payshan 52’ (1:1), Yannik Ximbert 76’ (1:2), Pyer-Emerik Obameyang 81’ (2:2), Pyer-Emerik Obameyang 90’ (3:2).

«Marsel»: Ruli, Balerdi, Agerd, Emerson, Vea (Pavar, 84), Kondogbya (Abdelli, 85), Xeybyerg, Timber (Payshan, 46), Traore (Nvaneri, 63), Grinvud (Nnadi, 90+1), Obameyang.

«Lion»: Greyf, Niakate, Mata, Talyafiko (Abner, 88), Meytland-Nayls, Morton, Tessmann, Tolisso, Narti, Endrik, Yaremchuk (Ximbert, 60).

Ogohlantirishlar: Kondogbya (74), Agerd (83), Abdelli (90) — Mata (30), Morton (45).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:26, 02.03.2026.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик