Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Messining sermahsulligi pasayayotgani yo‘q: Leodan 178-dubl

Messining sermahsulligi pasayayotgani yo‘q: Leodan 178-dubl

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi o‘zining sermahsulligi bilan futbol jamoatchiligini hayratda qoldirishda davom etmoqda. 38 yoshli forvard MLSning yangi mavsumidagi ilk gollarini urdi — u "Orlando Siti"ga qarshi kechgan bahsda (4:2) dubl qayd etdi.

Argentinalik yulduz uchun bu faoliyatidagi 178-dubl bo‘ldi. Futbolchi urgan dubllarning katta qismi "Barselona"dagi faoliyati davriga to‘g‘ri keladi (137 ta). Shuningdek, u Argentina terma jamoasida 14 marta, "PSJ"da esa 5 marta bir o‘yinda ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Lionel Messi o‘zining hozirgi jamoasi safiga qo‘shilganiga hali uch yil ham bo‘lmaganiga qaramay, "Inter Mayami" libosida allaqachon 22 marta dubl qayd etishga ulgurdi. Hozirda hujumchining butun faoliyati davomidagi gollari soni 898 tani tashkil etmoqda.

Kiritildi: 11:51, 02.03.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик