Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Fabrisio Romano: «MYU» rahbariyati Kerrikning natijalaridan hayratda

Fabrisio Romano: «MYU» rahbariyati Kerrikning natijalaridan hayratda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Kerrik qo‘l ostidagi dastlabki o‘yinlarda hayratlanarli natijalarga erishdi.

«Qizil iblislar» uning boshqaruvida o‘tkazilgan yettita o‘yinning oltitasida g‘alaba qozonishdi, yana bir bor durang natija qayd etildi. «Kristal Pelas» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng, jamoa Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Kerrikning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, biroq klub rahbariyati hafta sayin mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash maqsadga muvofiq ekaniga tobora ko‘proq ishonch hosil qilmoqda. Futbolchilar ham ingliz mutaxassisining ishidan juda mamnun. Mavsum yakunlanganidan keyin murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Bundan oldinroq «Manchester Yunayted» kelayotgan yozda jamoaga «mashhurroq» va tajribaliroq bosh murabbiy topish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 12:19, 02.03.2026.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик