Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi jamoaning asosiy muammosini aytdi

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi jamoaning asosiy muammosini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi sobiq hujumchisi Ian Rayt Angliya chempionatining 28-turida "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng "kanonirlar"ning asosiy kamchiligi haqida gapirdi.

"Arsenal"da o‘yin oxirlarida tez-tez asabiylik kuzatilmoqda. Jamoa erkinroq o‘ynashi uchun g‘alabani ancha vaqtliroq naqd qilib qo‘yishi kerak. Ikkinchi bo‘limlarda Arteta shogirdlariga qarshi raqiblarda ko‘p vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Hozirgi paytda jamoa o‘z uyidagi o‘yinlarda albatta g‘alaba qozonishi shart", — deya Raytning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" ayni damda 64 ochko jamg‘argan holda Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda va "Manchester Siti"ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 15:20, 02.03.2026.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик