Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Filipe Luisni ishdan haydagan "Flamengo" yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Filipe Luisni ishdan haydagan "Flamengo" yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Braziliyaning "Flamengo" klubi so‘nggi o‘yinda 8:0 hisobida g‘alaba qozongan murabbiy Filipe Luisni iste’foga chiqarishi bilan, unga allaqachon o‘rinbosar topildi. Bu haqda Globo xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning sakkiz karra chempionlari boshqaruvini portugaliyalik mutaxassis Leonardu Jardim o‘z qo‘liga oladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma 2027 yil yakuniga qadar amal qiladi. Klub va murabbiy shtabi shartnoma tafsilotlarini hali avvalgi murabbiy iste’fo haqida ogohlantirilmasidan oldinroq kelishib bo‘lishgan.

Jardim faoliyati davomida "Olimpiakos", Lissabonning "Sporting", "Monako" va boshqa bir qator klublarni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Braziliyaning "Kruzeyro" klubi bo‘lgan va u yerni 2025 yilda tark etgan edi.

Kiritildi: 19:13, 03.03.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик