Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Arne Slot «Vulverxempton»ga qarshi sensasion mag‘lubiyatga izoh berdi

Arne Slot «Vulverxempton»ga qarshi sensasion mag‘lubiyatga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasining 29-turida bo‘lib o‘tgan «Vulverxempton»ga qarshi o‘yin (1:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Yomon natija. Birinchi bo‘limda kerakli darajada o‘ynay olmadik, ikkinchi bo‘limda esa faolligimizni oshirdik. Imkoniyatlar yaratdik, ammo raqib ilk bor jarima maydonimizga kirgan vaziyatda gol o‘tkazib yubordik. Tez javob qaytardik va bir necha bor g‘alabani ilib ketishga yaqin keldik. Biroq yakunda rikoshet orqali, deyarli aniq golli vaziyatsiz mag‘lub bo‘ldik. Ayniqsa, gol urish uchun qanchalik mehnat qilishimiz kerakligini inobatga olsak, bu juda alamli. Asosan standart vaziyatlardan gol uramiz, boshqa imkoniyatlarni amalga oshirishda muammolar bor, — dedi Slot NBC Sports nashriga bergan intervyusida.

Ushbu o‘yindan so‘ng «Liverpul» 48 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. «Vulverxempton» esa 16 ochko bilan 20-o‘rin — so‘nggi pog‘onada qolmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:38, 04.03.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик