Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Flik Ispaniya Kubogidan chiqib ketgach, jamoaning Yevropa va ichki chempionatdagi maqsadlari haqida gapirdi

Flik Ispaniya Kubogidan chiqib ketgach, jamoaning Yevropa va ichki chempionatdagi maqsadlari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni «Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Atletiko»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, musobaqani tark etdi.

«Matraschilar» dastlabki bahsda qo‘lga kiritilgan to‘rtta to‘p farqini saqlab qolishdi. Endi kataloniyaliklar bor e’tiborni Chempionlar ligasi va La Ligaga qaratishlari mumkin.

«Bizni Chempionlar ligasida uzoq yo‘l kutmoqda. «Nyukasl» — juda qiyin raqib. Agar Yevropada uzoqqa borishni istasak, har bir o‘yinga xuddi shunday ishtiyoq bilan yondashishimiz kerak. Biroq hozirda biz bor e’tiborimizni Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi bo‘lajak uchrashuvga qaratganmiz», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida.

«Ko‘k-anorranglilar»ning «Atletik» bilan bahsi 7 mart kuni bo‘lib o‘tadi, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi dastlabki o‘yin esa uch kundan so‘ng Angliyada o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:03, 04.03.2026.
O'qildi: 864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик