Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola «Arsenal»ning standart vaziyatlardan gol urish mahoratiga havas qildi

Gvardiola «Arsenal»ning standart vaziyatlardan gol urish mahoratiga havas qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola standart vaziyatlarning muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Shaharliklar» Premyer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turishibdi. Ular standart vaziyatlardan gol urish borasida dong taratgan Londonning «Arsenal» klubidan ortda qolishmoqda.

«Deyarli ishonchim komilki, barcha jamoalar xuddi «Arsenal» kabi standartlardan muntazam ravishda gol urishni istashadi. Bizning bu boradagi ishlarimiz bir oz yomonroq, lekin bori shu. APLda murabbiylik ishining sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

Biz ham shu yo‘nalishda harakat qilishga intilyapmiz. Hozir standartlarga murabbiylik faoliyatimni boshlagan «Barselona»dagi davrimga qaraganda ancha ko‘p e’tibor qaratyapman», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Bugun soat 00:30 da «Manchester Siti»ning «Nottingem Forest»ga qarshi bahsi boshlanadi.

Kiritildi: 12:06, 04.03.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик