Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pedri jarohat oldimi? Flik ma’lumot berdi

Pedri jarohat oldimi? Flik ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Pedrining sog‘lig‘i borasidagi savolga javob berdi.

23 yoshli futbolchi Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan javob bahsida (3:0) «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu ispaniyalik yulduzning safga qaytganidan keyingi ilk to‘liq uchrashuvi bo‘ldi.

«Hammasi yaxshi yakunlanganidan xursandman. Pedri maysa ustiga yiqilganida, undan o‘yinni davom ettira olishini so‘radim. Uning maydonda qolishi biz uchun o‘ta muhim edi va u hammasi joyida ekanligini aytdi. Biz tavakkal qildik», — deya The Touchline nashri Flikning so‘zlarini keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» dastlabki uchrashuvdagi 4:0 hisobidagi g‘alabasi evaziga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Kiritildi: 12:08, 04.03.2026.
O'qildi: 3892 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик