Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Kunde va Balde taxminan qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Kunde va Balde taxminan qancha vaqtga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan javob uchrashuvida (3:0) bir yo‘la ikkita qanot himoyachisini yo‘qotdi.

O‘yinning 13-daqiqasida Jyul Kunde maydonni tark etdi va uning o‘rniga Alexandro Balde tushdi. Biroq yosh ispaniyalik futbolchi ham bahsni oxirigacha yetkaza olmadi — 71-daqiqada u ham jarohat olib, maydondan chiqishga majbur bo‘ldi. Jurnalist Santi Ovallening xabar berishicha, har ikki futbolchining tizza osti paylari shikastlangan. Tibbiy ko‘rik chorshanba kuni o‘tkaziladi, ammo hozirning o‘zidayoq ularning tiklanishi taxminan uch hafta vaqt olishi ma’lum.

3:0 hisobidagi g‘alaba «Barselona»ga finalga chiqish uchun kifoya qilmadi. «Matraschilar» Madriddagi dastlabki bahsda qo‘lga kiritilgan yirik g‘alaba (4:0) evaziga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustun kelishdi.

Kiritildi: 12:27, 04.03.2026.
O'qildi: 4016 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик