Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arauxo: «Agar shunday o‘ynashda davom etsak, La Liga va YECHLda g‘olib chiqamiz»

Arauxo: «Agar shunday o‘ynashda davom etsak, La Liga va YECHLda g‘olib chiqamiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» markaziy himoyachisi Ronald Arauxo Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan va 3:0 (ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:4) hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ko‘k-anorranglilar» kambek qilishga juda yaqin kelishdi, biroq najotkor to‘rtinchi golni ura olishmadi. Natijada Ispaniya Kubogi finaliga «matraschilar» yo‘l olishdi.

«Agar bundan keyin ham shunday o‘ynashda davom etsak, La Liga va Chempionlar ligasida g‘olib chiqamiz. Jamoamiz o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi — mavsum yakunigacha xuddi shunday yondashuvni saqlab qolish muhim, chunki oldinda hali ko‘plab jiddiy sinovlar kutmoqda», — deya Barca Universal nashri Arauxoning o‘yindan keyingi intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

Seshanba kungi bahsda «Barselona» tarkibida dubl qayd etgan Mark Bernal va penaltidan unumli foydalangan Rafinya Dias gol muallifiga aylanishdi.

Kiritildi: 12:29, 04.03.2026.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик