Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya: «Bugungidek o‘ynasak, mavsum yakunida aql bovar qilmas natijalarga guvoh bo‘lamiz»

Rafinya: «Bugungidek o‘ynasak, mavsum yakunida aql bovar qilmas natijalarga guvoh bo‘lamiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchisi Rafinya Dias Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechgan javob bahsidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

«Ko‘k-anorranglilar» 3:0 hisobida ustun kelishdi, biroq dastlabki uchrashuvda 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgani sababli turnirni tark etishdi.

«Ishoning, agar biz bugungidek o‘ynashda davom etsak, mavsum yakunida aql bovar qilmas voqealarning guvohi bo‘lamiz. Oldinga intilishda davom etishimiz, tushkunlikka tushmasligimiz kerak. Ertaga yangi kun keladi. Ha, biz maqsadimizga erisha olmaganimiz uchun xafamiz, lekin bugun kechqurun ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlansak arziydi», — deya The Touchline nashri Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda.

Braziliyalik futbolchi ushbu bahsda o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi — u penaltini aniq amalga oshirdi. Yarim himoyachi Mark Bernal esa dublni qayd etdi.

Kiritildi: 12:47, 04.03.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик