Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Mbappe og‘ir jarohat olgan Rodrigoga dalda berdi

Mbappe og‘ir jarohat olgan Rodrigoga dalda berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe tizzasidagi xochsimon boylamlar uzilishi sababli safdan chiqqan jamoadoshi Rodrigoni qo‘llab-quvvatladi.

Braziliyalik futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, shuningdek, yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida o‘z milliy terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

«Senga dunyodagi bor kuch-quvvatni tilayman, birodar. Bu vaqtni o‘zingga va oilangga bag‘ishla — shunda sen yanada kuchli bo‘lib qaytasan», — deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Taxminlarga ko‘ra, Rodrigoning tiklanish jarayoni kuzgacha davom etadi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan bo‘lib, o‘z hisobiga uchta gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 13:01, 04.03.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик