Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter" De Vreyga o‘rinbosar topdi

"Inter" De Vreyga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

"Udineze" himoyachisi Umar Sole faoliyatini Italiyaning yanada nufuzliroq klubida davom ettirishi mumkin. Tribal Football jurnalistlari bergan ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

Fransiyalik futbolchi "neradzurrilar" safida niderlandiyalik himoyachi Stefan de Vreyning o‘rnini egallashi mumkin. Transfermarkt portali Soleni 20 million yevroga baholagan. Himoyachining "Udineze" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Umar 26 ta uchrashuv o‘tkazdi. Himoyachi o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 15:34, 04.03.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик