Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Inter"ning eng qimmat himoyachisi uchun ingliz klubidan taklif tushishi mumkin

"Inter"ning eng qimmat himoyachisi uchun ingliz klubidan taklif tushishi mumkin

Baho:
+2 | -

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

GRV Media bergan ma’lumotlarga ko‘ra, italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Biroq London klubi futbolchining 100 million yevrolik ehtimoliy yozgi transferi borasida ehtiyotkorlik qilmoqda. Bastoni universal markaziy himoyachi hisoblansa-da, uning yuqori narxi "Chelsi"ni fikridan qaytarishi mumkin.

Alessandro Bastoni 2017 yilda "Atalanta"dan "Inter"ga 31 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Milan klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:44, 04.03.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик