Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Yuventus" bilan o‘yindagi tartibsizliklar "Galatasaroy"ga qimmatga tushdi

"Yuventus" bilan o‘yindagi tartibsizliklar "Galatasaroy"ga qimmatga tushdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi muxlislari UYEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yindagi xulq-atvori uchun jazolandi. Bu haqda musobaqa tashkilotchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.

25 fevral kuni bo‘lib o‘tgan "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvida ishqibozlar pirotexnika vositalaridan faol foydalanishgan va tribunalardan turli buyumlarni maydonga uloqtirishgan. Yakunda "Galatasaroy" zimmasiga 40 ming yevro miqdorida jarima to‘lash majburiyati yuklandi, uning muxlislari esa Chempionlar Ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi safar o‘yini uchun chipta sotib olish huquqidan mahrum etildi.

"Liverpul" turnirning 1/8 finali doirasida 18 mart kuni "Galatasaroy"ni qabul qiladi. Dastlabki uchrashuv 10 mart kuniga rejalashtirilgan. Musobaqaning umumiy bosqichida jamoalar mos ravishda uchinchi va yigirmanchi o‘rinlarni egallashgan.

Kiritildi: 16:18, 04.03.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик