Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Inter" o‘z iqtidorini qo‘yib yubormoqchi emas

"Inter" o‘z iqtidorini qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi rahbari Juzeppe Marotta Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Franchesko Pio Espozitoga qiziqish bildirayotgani haqidagi savolga javob berdi.

20 yoshli futbolchining Angliyaga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar o‘tgan oyda paydo bo‘lgan edi. "Neradzurrilar" prezidenti Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi "Komo"ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatda bu ma’lumotni rad etdi.

"Arsenal" bizga murojaat qilgani yo‘q va "Inter" uni sotish niyatida emas. Franchesko — bizning xazinamiz, u akademiyamizda voyaga yetgan. Agar transfer haqidagi gaplar dolzarb bo‘lsa ham, bu faqat olis kelajakda yuz berishi mumkin", – dedi Marotta Mediaset nashriga bergan intervyusida.

Transfermarkt saytida Franchesko Pio Espozitoning taxminiy qiymati 35 million yevro etib belgilangan. Forvardning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:23, 04.03.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик