Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

«Shalke» Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Shalke» Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Baho:
+ | -

Bundesligaga qaytishga harakat qilayotgan Germaniyaning «Shalke» klubi hujumchi Edin Jekoga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu haqda «Sport Bild» nashri xabar bermoqda.

O‘tgan qishda Germaniyaga qaytganidan so‘ng, 39 yoshli futbolchi olti oylik shartnoma imzolagan edi. U ikkinchi Bundesliganing 6 ta o‘yinida 4 ta gol urishga va 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi. Hozirda uning jamoasi eng yaqin ta’qibchisidan 1 ochko oldinda bo‘lgan holda, birinchi o‘rinda bormoqda.

«Shalke» bosniyalik futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, biroq hozircha futbolchi faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslik borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Jeko faoliyati davomida «Volfsburg», «Manchester Siti», «Roma», «Inter» va boshqa bir qator klublar sharafini himoya qilgan. Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida esa 146 ta o‘yinda ishtirok etib, 72 ta gol urgan.

Kiritildi: 17:26, 04.03.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик