Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Barsa" hujumchisi "Atletik"ka qarshi o‘ynashga tayyor

"Barsa" hujumchisi "Atletik"ka qarshi o‘ynashga tayyor

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski ko‘z kosasi suyagining sinishi tufayli "Atletiko"ga qarshi kubok o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Chorshanba kuni polshalik to‘purar mashg‘ulotlarga qaytdi, biroq u hozircha maxsus himoya niqobida shug‘ullanmoqda.

Taniqli jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Levandovski La Liganing navbatdagi turi doirasidagi "Atletik"ka qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor.

Ispaniya chempionatining "Atletik" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvi shanba kuni, 7 martda bo‘lib o‘tadi. Bilbaodagi o‘yin Toshkent vaqti bilan yakshanbaga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Ma’lumki, "Barselona" ayni damda La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Real" kataloniyaliklardan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 22:46, 04.03.2026.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик