Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mastantuonoga jazo qo‘llanildi

Mastantuonoga jazo qo‘llanildi

Baho:
+ | -

"Real" hujumkor yarim himoyachisi Franko Mastantuono "Xetafe"ga qarshi o‘yindagi chetlatishdan so‘ng jazolandi. O‘yin qaydnomasida ko‘rsatilishicha, Mastantuono hakam manziliga: "Naqadar sharmandalik, la’nati sharmandalik!" degan so‘zlarni qichqirgan.

Mastantuono ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Bu degani, argentinalik futbolchi La Liga doirasidagi "Selta" (6 mart) va "Elche" (14 mart) jamoalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, "Real" himoyachilari Din Xyoysen va Alvaro Karreraslarning diskvalifikasiyasi ham tasdiqlandi. Ular sariq kartochkalari ko‘payib ketgani sababli "Selta"ga qarshi safar o‘yinida ishtirok eta olmaydilar.

"Real" La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Barselona"dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 22:51, 04.03.2026.
O'qildi: 5681 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик